Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqarovning ta’kidlashicha, saylov kodeksining 96-moddasiga binoan, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning o‘ttiz uch foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tgan hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 11:00 holatiga mamlakatimiz hududida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 19 mln 270 ming 212 nafar saylovchilarning respublika hududida 6 mln 463 ming 874 nafari yoki 33,54 (o‘ttiz uch butun yuzdan ellik to‘rt) foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
Ushbu raqamlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tgan deb hisoblashga asos bo‘la oladi.
Albatta yakuniy xulosa ovoz berish natijalaridan kelib chiqib beriladi.
Ovoz berish soat 20:00 ga qadar davom etadi.