“Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida nizom”ga koʼra, saylovni yorituvchi ommaviy axborot vositalari (OАV) vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʼtkaziladi va ularga maxsus guvohnoma beriladi.

OАV vakillari saylov jarayonida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan guvohnoma hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini oʼzi bilan birga olib yurishi va vakolatli shaxslar talabiga muvofiq ularni koʼrsatishi shart.

Oʼzbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjat talab etiladi.

Eslatib oʼtamiz, bundan avval Markaziy saylov komissiyasining saylov.uz  sayti orqali saylov uchastkangizning geologik joylashuvini bilib olish imkoniyati haqida xabar berilgandi.