Oʻzbekistonda ilk bor elektron ovoz berish sinovdan oʻtkazildi

    Saylovlar toʻliq ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik muhitida oʻtgani, qoʻllangan zamonaviy texnologiyalar ham bu jarayonda muhim rol oʻynagani taʼkidlandi.

    Jumladan, saylovning barcha bosqichlari toʻliq raqamlashtirilib, “E-saylov” axborot tizimi joriy qilindi. Ovoz berish jarayonlarini onlayn kuzatish imkoni yaratildi, ilk bor elektron ovoz berish sinovdan oʻtkazildi.

    Saylovlarni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kabi 13 ta nufuzli xalqaro tashkilot, 40 dan ziyod davlatdan 850 nafar xorijiy va 65 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining mingdan ortiq vakillari kuzatib bordi.

    Prezidentimiz ularga saylov jarayonlari haqidagi xolis fikrlari va tavsiyalari uchun oʻz nomidan, butun xalqimiz nomidan tashakkur izhor etdi. Ushbu tavsiyalarning har biri chuqur oʻrganilib, amaliyotga tatbiq etish choralari koʻrilishi taʼkidlandi.