Markaziy saylov komissiyasi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari Jaloliddin Usmonov bunga izoh berdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilinganligi haqida xabar tarqatilmoqda. Bu xabar haqiqatga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi. Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev tomonidan eʼlon qilinishini yana bir karra eslatib oʻtamiz”, —deyiladi bayonotda.