Sayyohlik pandemiyadan 730 milliard dollar zarar koʻrdi

    Turizm 28 Oktabr 2020 560

    Joriy yilning sakkiz oyida dunyo boʻylab sayyohlik oqimi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 70 foizga qisqardi. Umumiy koʻrilgan zarar miqdori esa 730 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO).

    Xususan, iyul oyida sayohatlar oʻtgan yilgi iyul oyi koʻrsatkichlariga nisbatan 81 foizga kamaygan, avgustda esa — 79 foizga, deb xabar beradi “PRAYM”. Yanvar oyidan avgust oyiga qadar sayohatlar soni 700 millionga kam qayd etilgan. Iqtisodiy zarar esa 730 milliard dollarni tashkil etgan. Bu esa 2009-yildagi inqirozga nisbatan sakkiz barobar koʻp demak.

    Tashkilot rahbari Zurab Pololikashvili “Bunday keskin pasayish fojiali ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi, hamda millionlab ish oʻrinlari va kompaniyalarni yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida qoldirishi mumkin. Bu sayyohlik tizimini xavfsiz, oʻz vaqtida va muvofiqlashtirgan holda qayta tiklash zarurati haqida guvohlik beradi”, —deb taʼkidlagan.