Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo'yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to'g'ridan-to'g'ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Shuningdek “Xo'jalik shirkatlari to'g'risida”gi, “Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonunlarga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda e'lon berish talabi bekor qilindi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.