Senat Raisi oʻz nutqi davomida Oʻzbekistonda xotin-qizlarning manfaatlari davlat siyosati darajasida koʻtarilganligi va ularning barcha jabhalarda faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan kompleks dasturga toʻxtalib oʻtdi.
Ayniqsa, bu boradagi erishilgan amaliy natijalar forum ishtirokchilarining eʼtiborini tortdi.
Jumladan, mamlakatimizda soʻnggi 7-yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi.
Shuningdek, amalga oshirilgan islohotlar joriy yilda Jahon banki oʻzining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida Oʻzbekistonni gender tenglikni taʼminlashda eng katta yutuqlarga erishgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida eʼtirof etildi.