Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, shuningdek, taʼlim va ekologiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish, mintaqada barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun platforma – “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Tomonlar ikki mamlakat madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro aloqalarni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan, oliy taʼlim yoʻnalishida birgalikda olib boriladigan saʼy-harakatlarni yangi bosqichga koʻtarish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha fikr almashdilar deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.