Kiberxujumchilar My5 telekanalining Markaziy studiya koʻrsatuviga intervyu berdi. Taʼkidlanishicha, olti kishidan iborat boʻlgan Marsh Golden jamoasi 2018-yildan buyon shu kabi ishlar bilan shugʻullanib kelgan.

— Ilk bor 2019-yili Kundalik.com saytini tuzib kirib, oʻz baholarimni toʻgʻrilab olganman, — deya tan oladi guruh boshligʻi.

Uning aytishicha, Senat saytini buzib kirishdan maqsad saytning xavfsizlik tizimi zaif ekanini bildirish boʻlgan. Umuman olganda, Oʻzbekistondagi rasmiy saytlarning kiberxavfsizlik tizimi hali yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Shuningdek, u oʻz intervyusida agar imkoniyat berilsa, jamoasi bilan davlat saytlarining kiberxavfsizlik tizimlarining rivojlantirishga hissa qoʻshmoqchi ekanligini bildirgan.