Oʻzbekiston bilan Falastin oʻrtasidagi koʻp tomonlama xususan, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalar hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat davomida savdo-iqtisodiy munosabatlar ikki tomonlama hamkorlikning muhim yoʻnalishlaridan ekanligi, shu nuqtayi nazardan qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, farmatsevtika va toʻqimachilik sohalarida qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.

Senat Raisi turli darajalarda oʻzaro tashriflarni tashkil etish va tajriba almashish orqali Falastin va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalar salohiyatini kuchaytirish taklifini bildirdi. Jumladan, ikki davlat parlamentlari oʻrtasida konstruktiv muloqotni oʻrnatish va parlamentlararo yaqin aloqalarni rivojlantirishga eʼtibor qaratildi. Bunda tegishli qoʻmitalar oʻrtasida tomonlarni qiziqtirgan oʻzaro manfaatli sohalarda muloqot oʻrnatish, parlamentlararo aloqaning muhim mexanizmlaridan biri hisoblangan “doʻstlik guruhlari”ni shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida xalqaro parlament tuzilmalari (Parlamentlararo ittifoq, Arab parlamenti) va boshqa qator xalqaro tashkilotlar doirasida oʻzaro tashabbuslarni qoʻllab quvvatlash anʼanasini davom ettirish va hamkorlikni yanada izchil rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.