Joriy yil 6-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi Raisi Li Chjanshu bilan onlayn-uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va XXR oʻrtasidagi strategik hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda mamlakatlar parlamentlarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida urgʻu berdi.

Shuningdek, joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining SHHTga raisligi doirasida parlamentlararo hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv soʻnggida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi oʻrtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.