Saylovda Turkmaniston aholisining 97,17 foizi ishtirok etgan. Serdar Berdimuhamedovning inauguratsiyasi 19-mart kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyida Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan edi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov davlat boshqaruviga yoshlar kelishini, oʻzi esa Xalq maslahati raisi sifatida siyosiy tajribasini Turkmaniston taraqqiyotiga sarflashini taʼkidlagan edi.