Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish boʻyicha hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminoti” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi, “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJ, “Toshkent shahar mintaqaviy yoʻllarga byurtmachi xizmati” DUK, Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Poytaxt Hududgaz” GTF, “Maxsustrans” ICHB DUK, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va qator boshqa idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.

Mazkur qabullar joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Sergeli tumani hokimligi bogʻida oʻtkaziladi.