Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmasiga mana shunday holatlar boʻyicha murojaat kelib tushgan.

"Hurmatli fuqarolar! Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda tuman shahar boʻlim xodimlari tomonidan aholi yashash joylarida, aholi gavjum joylarda kasallik oʻchoqlariga qarshi zararsizlantirish, bugʻimoyoqlilarga qarshi dezinseksiya, kemiruvchilarga qarshi deratizatsiya tadbirlarini va davolash profilaktika muassasalari, umumtaʼlim maktablarida hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlatilayotgan dezinfeksiya vositalarini aktivligi (mikroblarga qarshi faolligini) aniqlash ishlari olib boriladi.

Ammo dezinfeksiya vositalarini sotish bilan shugʻullanmaydi.

Bunday holatlar yuz bersa, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmasining 67-226-49-25 - ishonch raqamiga yoki IIBning 102-qisqa raqamlarga bogʻlaning", deya ogohlantirmoqda Sirdaryo viloyat SEO va JSBning OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi