Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Yong'in Seulning tumanlaridan birida sodir bo'lgan. 258 kishi evakuatsiya qilindi, ulardan taxminan 180 nafari yong'in tufayli boshpanasiz qolishdi, deb xabar berdi report.az.
Agentlikning xabar berishicha, yong'in sakkiz soatdan keyin o'chirilgan va Seul hukumati jabrlanganlar uchun vaqtinchalik boshpana tashkil etgan.
Yong'in xizmati xodimlarining so'zlariga ko'ra, alanga tezda qo'shni binolarga tarqaldi, chunki ular tez yonuvchan materiallardan qurilgan.