– Vaksinadan keyin nojoʻya taʼsirlar yoki oʻlim holati kuzatilishi mumkin, bu haqda vaksina ishlab chiquvchilar tomonidan yoʻriqnomada yozilgan.
Biroq vaksinadan soʻng kuzatiladigan oʻlim holati vaksina olgandan keyingi 1 soat oraligʻida kuzatilishi mumkin.
Oʻtib ketuvchi nojoʻya taʼsirlar esa, vaksina olgandan keyingi 3 kunlik davomida kuzatilishi mumkin, lekin ular keyin oʻtib ketadi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holatlar inson organizmining individual xususiyatidan kelib chiqib kuzatiladi, – deydi Sevara Ubaydullayeva.
Shuningdek, mutaxassis aholidan turli nojoʻya oqibatlar kelib chiqmasligi uchun vaksina olgandan keyingi kunlarda oʻz salomatliklarini muhofaza qilishi lozimligini aytmoqda.