Taʼkidlash joizki, SFL terini qayta ishlash sanoatining barqaror rivojlanishi, koʻnchilik korxonalariga turli ilmiy va sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashda koʻmak koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tashkilotdir. Rivojlangan mamlakatlarning charm sanoati tarmoqlarida loyihalarni amalga oshiradi, shuningdek, muayyan sifat sertifikatlarini beradi.
Ayni paytda mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan charm va undan tayyorlanayotgan poyabzal, charm-attorlik buyumlari dunyoning 40 dan ortiq davlatiga eksport qilinyapti. Mahalliy brendlarimizning navbatdagi maqsadi Yevropa Ittifoqi bozorida oʻz oʻrnini egallash. Biroq, mazkur bozorga kirishning asosiy talabi sanoat korxonalari xalqaro ishlab chiqarish standartlariga muvofiqlikni tasdiqlovchi xalqaro sifat sertifikatlariga ega boʻlishi lozim.
Uchrashuvda mamlakatimiz korxonalarining Yevropa bozoriga chiqishi va mahsulot eksporti uchun zarur sertifikatlar olish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Xalqaro tashkilot Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.