Mato yarim milliondan ortiq qayta ishlangan plastik idishlardan tayyorlandi. Ularni yig'ish uchun uch haftadan ko'proq vaqt ketdi va ularni moslab chiqish uchun bir oy vaqt sarflandi. Tayyorlangan futbolka Buxarestdagi sport maydonchasiga to'shaldi, 120 dan ortiq ko'ngillilar yordamida matoni to'g'rilash uchun bir kun vaqt ketdi.
Ginnesning rekordlar kitobi mutaxassislari rekordni qayd etganidan so'ng, jamoaga ular tikkan kiyim dunyodagi eng katta futbolka ekani e'tirof etilgan sertifikat berildi. Mahsulot 12 qismga taqsimlangan holda kam ta'minlangan oilalar uchun oddiy o'lchamdagi futbolkalar tikib beriladi, deb xabar beradi mir24.tv.