Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
– Ilgari hokimni qoʻyayotganda qarsak chalardik, yomonlab ishdan olardik, ishdan olganimizdan keyin unutvorardik. Bu notoʻgʻri. Hokim lavozimni tortmasa, koʻchaga tashlab qoʻyish kerak emas.
Bitta rahbarni tayyorlashga 20 yil ketadi. Biz asrab-avaylab tarbiya qilgan hokimlarimizni hech qachon xor qilmasligimiz kerak. Hokim, shu elni yoʻlboshchisi boʻlgan odamni hammamiz hurmatini ham joyiga qoʻyishimiz kerak.
Fargʻonada shuncha yil ishlagan odamni Toshkentda rahbarlik qilishi, oʻylaymanki bu birinchi tajriba. Shu tajriba boshqa viloyatlarga ham yuqsin. Bugun butun respublikamiz koʻradi, ilohim shu tajribadan amalda viloyat, tuman hokimlari ham oʻzlariga xulosa qilsa men rozi boʻlardim. Baribir mehnat qilgan odam hech qachon xor boʻlmasligi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.