Poytaxt hokimligi uzoq yillik doʻstlik va qardoshlik asosida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Musa Djamanbayev Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda xalq manfaati va barqaror rivojlanish yoʻlida keng koʻlamli islohotlar olib borilayotganligini eʼtirof etdi. Toshkentdagi zamonaviy qurilishlar, aholining turmush darajasini oshirish, madaniy hordiq va turistlar uchun yaratilgan imkoniyat hamda sharoitlar yuqori surʼatlarda oʻsayotganligini aytib oʻtdi. Shuningdek, Bishkekda Toshkent Savdo uyi, hamda Toshkent shahrida Bishkek Savdo uyini tashkil etish ishlarini jadallashtirish taklifini bildirdi.
Toshkent bilan Bishkek va Oʻsh shaharlari oʻrtasida birodarlik aloqalari yoʻlga qoʻyilganligiga ahamiyat qaratib, shaharlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ijtimoiy, investitsion va boshqa loyihalarni koʻpaytirish, shaharlar delegatsiyalarining oʻzaro manfaatli tashrifini amalga oshirishni taklif qildi.
Shavkat Umurzoqov Qirgʻiziston elchisining taklif va tashabbuslari Toshkent uchun alohida ahamiyatli ekanligini qayd etib, har bir yoʻnalishda birgalikda ishlashga, mavjud aloqalarni har tomonlama kengaytirish va rivojlantirishga tayyorligini aytib oʻtdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini bildirdi.