Bugun, 5-aprel kuni soat 08:16 da poytaxtimizning Shayxontohur tumani "Yangi Kamolon" MFYdagi Yangiobod ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 4 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:23 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:52 da qurshab olingan va soat 09:11 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga shahar FVB rahbariyati va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.