Shayxontohur va Olmazor tumanlarining baʼzi hududlarida issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

    Urbanizatsiya 28 Dekabr 2022 840

    2022-yilning 28-dekabr kuni “Chorsu” bozori, “Bolalar dunyosi” savdo majmuasi old tomonidagi issiqlik quvurida nosozlik yuzaga keldi.

    Shu sababli Shayxontohur va Olmazor tumanlarining baʼzi hududlarida issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

    Shayxontohur tumanida:

    — turar joylar – 240 ta
    — ijtimoiy obyektlar – 25 ta
    — boshqa obyektlar — 50 ta

    Olmazor tumanida:

    — turar joylar – 118 ta
    — ijtimoiy obyektlar – 10 ta
    — maʼmuriy obyektlar – 29 ta

    “Veolia Energy Tashkent” noqulayliklar uchun uzr soʻradi.