Bu orqali hududlarning geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda, olis va chekka hududlardagi aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatilishi ta'minlanadi.
Tez tibbiy yordam tayanch punkti belgilangan me'yor bo'yicha tashkil etilgan bo'lib, bundan ko'zlangan asosiy maqsad aholiga tez va sifatli tibbiy yordam ko'rsatishdan iboratdir.
— Tez tibbiy yordam tayanch punktining foydalanishga topshirilishidan barchamiz xursand bo'ldik. Tibbiyot muassasalari aholi yashash joyiga qanchalik yaqin bo'lsa, shuncha yaxshi. Bu yangilikdan, ayniqsa, yoshi ulug' nuroniylarimiz quvonishdi, — deydi Mahliyo Abdiyeva.