SHerzod SHermatov: Haqiqatni berkitgan bilan holat yaxshilanib qoladimi?! 

    Fikr 13 Iyul 2020 2594

    eski shaharliklar oliy ta'limga kamroq harakat qiladi degan fikrimni kimlardir boshqacha talqin qilib, noo'rin xafa bo'lgani odamni hayron qoldirdi. 

    Avvalo, o'zim ham shu eski shaharda tug'ilganimni va barchamizga sevimli bo'lgan o'sha mashhur “SHumbola” fil`midagi quyidagi epizod aynan bizning ko'chamizda tasvirga olinganini ba'zi yurtdoshlarimizga eslatib o'tmoqchi edim (hozir ham shu ko'chamiz va bostirmamiz bor).

    Kuni kecha, eski va yangi hududlar orasidagi ushbu tafovut haqidagi haqiqatni aytganim uchun xafa bo'lish emas, balki undan xulosa qilib, farzandlarimizni o'qishga yanada qiziqtirsak, shundagina eski shaharlarimiz yanada rivojlanadi. SHaxsan o'zim shunday insonlar orasida o'sib-ulg'ayganim sababli, bu muammo haqida ichimdan his qilib, kuyinib gapirgan edim.

    Muammo shundaki, yillar davomida ushbu hududlarda oliy ta'limga qiziqish past bo'lgandan keyin, oliy ma'lumot talab etiladigan o'qituvchi, muhandis, vrach, davlat xizmatchisi kabi qator kasb egalari kamayib boradi. Bu esa o'z navbatida o'sha hududlarning rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi.

    SHuning uchun, “o'qib kim bo'larding” qabilida gapirmasdan, hozir o'qishga moyilligi bor farzandlaringizga o'ziga mos yo'nalishga hujjat topshirishga undashning ayni vaqti. Ushbu vaqtni boy bermaslik kerak!

    PS. e'tibor bergan bo'lsangiz, o'sha kinofil`mda taniqli aktyor ergash Karimovning yana bir gapi bor: “O'qi bolam, odam bo'lasan!”