Mutaxassisning aytişiça, kofein yöq joydan energiya yaratmaydi. Bu uning taʼsiri organizmda uyquçanlik hissini şakllantirişda iştirok etuvçi moddaning töplaniş mexanizmi bilan boğliq. Kofein miyaning maʼlum retseptorlarida adenozin (tanamiz içidagi maxsus modda bölib, u bir vaqtning özida çarçoq signali va energiya uçun quriliş materiali sifatida işlaydi) taʼsirining amalga oşişiga vaqtinça tösqinlik qiladi, şu sababli odam özini tetik his qilişi mumkin. Biroq, bu organizmning uyquga bölgan ehtiyoji yöqolganini anglatmaydi.

Şuning uçun ham qahva çarçoqni yaşira oladi. Agar odam bir ketma-ket neça keça kam uxlasa, bir piyola qahva unga yöqotilgan uyquni qaytarib bermaydi. Kofe faqat çarçoq hissini vaqtinça sezilarsiz qilib qöyadi. Şu bilan birga, bu mexanizm hammada bir xil namoyon bölavermaydi: kofeinning qayta işlaş tezligi individual xususiyatlarga, yoşga, irsiyat va boşqa omilllarga boğliq böladi, deb yozadi lenta.ru.