Ushbu maqola yuzasidan 2020 yil 16 may kuni Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi xodimlari hamda sohaga oid malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda 1372 yilda qurilgan “SHodi-mulk” maqbarasini hamda “Kusam inb Abbos” ziyoraxonasini ko'zdan kechirganda quyidagilar aniqlandi:
O'zbek milliy me'morchilik durdonasi sifatida e'tirof etilgan ushbu noyob tarixiy “SHohi-Zinda” majmuasi XI-XV asrlarda qurilgan hamda YUNESKOning Umumjahon merosi ob'ektlari ro'yxatiga kiritilgan hududda joylashgan.
Majmuaning 900 yil oldin barpo etilganligi inobatga olinsa, undagi bino va inshootlar doimiy ravishda restavratsiya, qayta tiklash hamda obodonlashtirish talab etilishi, shubhasiz.
“SHohi Zinda” majmuasidagi restavratsiya va qayta tiklash ishlari oxirgi marta 2004-2005 yillarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 16 iyul`dagi 337-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan. Ushbu restavratsiya va obodonlashtirish davomida 2004 yilda Samarqand arxeologiya instituti tomonidan XV asrda qurilgan hammom binosi ham topilganligini alohida aytib o'tish o'rinli. SHundan so'ng oxirgi 15 yil davomida majmuada faqatgina kechiktirib bo'lmaydigan joriy ta'mir ishlari olib borilgan xolos.
“SHohi-Zinda” majmuasidagi 1372 yilda qurilgan “SHodi-mulk” maqbarasini hamda “Kusam ibn Abbos” ziyoraxonasining gumbazlarida Archi Build.uz/Arxitektura, dizayn i stroitel`stvo UzbekistaneTelegram messendjerida qayd etilgan yoriqlar paydo bo'lgan joylar mahalliy
va xorijiy turistlar uchun xavfli joyi mavjud emasligini ma'lum qilamiz.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tomonidan mutuxassislar bilan birgalikda Ishchi guruh tashkil etildi. Ishchi guruh tomonidan shaharda joylashgan moddiy madaniy meros ob'ektlarining tashqi va ichki holati, ular devorlaridagi paydo bo'lishi mumkin bo'lgan yoriq yoki boshqa davriy o'zgarishlar yuzasidan aniqlangan holatlar o'rganiladi.