Sirdaryoning o'ng sohilida, Toshkent viloyati hududi boshlanadigan joyda bir zamonlar gullab-yashnagan SHohruhiya shahrining harobalari saqlanib qolgan. Ushbu shaharga Amir Temur hukumdorligi davrida asos solingan. Darvoqe, u dastlab boshqacha nom – Banokat deb atalgan.

Banokat ustalar va shoirlar, qahramonlar va sayyohlar shahri sifatida shuhrat taratgan. Buyuk ipak yo'lining tarmoqlaridan birida qulay joylashgan bu shahar X-XII asrlarda Toshkent vohasining eng go'zal va boy aholi istiqomat joylaridan biri bo'lgan. Uning shon-shuhrati Buyuk ipak yo'lidagi ko'plab shahar va davlatlarga keng yoyilgan. Banokatning pishiq gazmollari, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bejirim ot-egarlari jahon bozorlarida dovruq qozongan. Kulolchilik va bezak-amaliy san'at buyumlari nihoyatda go'zal bo'lgan. Banokatni Toshkent mintaqasining ikkinchi poytaxti deb bejiz atashmagan. Qoraxoniylar davlati uchun tanga pullar aynan shu erda zarb etilgan. SHuningdek, ko'plab shoiru sayyohlar to'planishgan.

CHingizxon qo'shinlari O'trorni va shu atrofdagi boshqa shaharu qishloqlarni tor-mor etib, Banokatga hujum boshlagach, shahar aholisi boshiga og'ir kunlar keladi. Banokat mudofasi tarixda alohida o'rin tutadi. Uch kun davom etgan dahshatli qamal chog'ida shahar aholisi mislsiz jasorat ko'rsatdi. Ammo, kuchlar teng emas edi va Banokat zabt etildi.

Jasur Banokatliklar ko'p sonli dushmanga qarshi mardona kurashadilar. Aholining bir qismi tengsiz jangda halok bo'ladi, ko'plar qatl etiladi. Mo''jiza yuz berib, omon qolganlar Sirdaryoning narigi sohiliga suzib o'tib, Movaraunnahrning mayda-yirik shaharlariga tarqab ketishadi.

erksevar banokatliklarni cho'chitolmagan, ruhan engolmagan bosqinchilar alamdan shaharga o't qo'ydi. YOng'in uzoq davom etdi. Go'yo Banokat ushbu dahshatli hayot ummonidan butunlay yo'q bo'lib ketishni istamayotgandek edi.

Oradan bir yarim asr vaqt o'tib, Sirdaryo sohilidagi changalzorga aylangan bu tepalikka buyuk hukmdor Amir Temurning qadami etdi. U bir paytlar ertaklardagidek go'zal shahar sifatida dovrug' taratgan bu shahar xarobalariga uzoq tikilib qoldi. Go'yo hukmdorning qalbiga buyuk tarix iliqlik purkagandek bo'ldi.

– Bu erda yangi shahar bunyod etiladi, – dedi Temur.– U SHohruhiya deya ataladi.

SHaharga Amir Temurning sevimli o'g'li, bo'lajak buyuk mutafakkir, astronom Mirzo Ulug'bekning otasi SHohruh Mirzo nomi beriladi va go'zal shahar tezda qad rostladi.

SHohruhiya karvonlar uchun, ilm bilan shug'ullanuvchilar va ijod kishilari uchun mayoqqa, yo'lchi yulduzga aylangan. SHu bilan bir vaqtda u mustahkam shahar-qal'a, Amir Temur saltanatining mamlakat shimolidagi muhim harbiy-strategik punkti, Toshkent vohasining Sirdaryo bo'yidagi istehkomi edi.