Qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Prezident (PQ–52-son, 15.12.2021-y.) qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.
2025–2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi urugʻ seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish orqali qoplab beriladi.
Xorazm viloyatida sholi yetishtiruvchilarga quyidagi qoʻshimcha subsidiyalar ajratiladi:
- sholi yetishtirish uchun har bir gektar lazerli tekislangan maydonga sarflangan yoqilgʻi-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq bir gektar uchun umumiy xarajat miqdorining 1 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan qismini qoplash uchun;
- Prezident (PQ–144-son, 01.03.2022-y.) qarorida belgilangan miqdorlarda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun.
2024-yil hosilidan, istisno tariqasida, Xorazm viloyatidagi 120 sentner va undan yuqori hosil olgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetishtirilgan sholining 50 foizdan oshmagan guruch mahsulotini eksportga yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.