Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida sifatli guruch yetishtirish borasida yirik salohiyatga ega klaster faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, yangi ish boshlayotgan “SCT CLUSTER SHOLI” klasteri uchun 20 ming gektar yer maydoni ajratilgan.
Klaster nafaqat mahalliy bozorlarni taʼminlashni, balki sifatli mahsulotini xorijiy davlatlarga eksportga yoʻnaltirishni ham rejalashtirgan. U yiliga 60 ming tonna mahsulot yetishtirish va qayta ishlash quvvatiga ega.
Joriy yilda klaster tomonidan 9000 tonna guruch ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, 2024-yilda ushbu koʻrsatkich 25 410 tonnaga yetkaziladi.
Shuningdek, klasterda 1800 tonna birinchi navli un ishlab chiqarish ham koʻzda tutilgan.