Qayd etilishicha, sholi donalari suv solingan idishga tushirilgan. So‘ng uning yuzasiga sun’iy yomg‘ir “yog‘dirishdi”. Tadqiqotchilar imkon qadar mo‘tadil yomg‘ir va jalaga o‘xshatish uchun tomchilar o‘lchamini va qanday balandlikdan sepishni boshqarib turishdi. Sepilayotgan tomchilar xuddi suv, havo va tuproqqa tushganda o‘ziga xos tovush chiqaradi. Bu holatda sun’iy yomg‘ir ovozi xuddi haqiqiysiniki kabi bo‘lishi muhim edi.
Sholi donalari unga faqat tovush to‘lqinlari yetib boradigan chuqurlikda yotardi. Ma’lum bo‘lishicha, yomg‘irni “eshitadigan donalar odatdagidan 30–40 % tez o‘sar ekan. Bundan tashqari don yuzaga qanchalik yaqin bo‘lsa, ya’ni tushayotgan tomchilar qanchalik yaxshi “eshitilsa”, shunchalik tez o‘sadi. Sholi donalarining qulog‘i yo‘q, yomg‘ir ovozini bevosita eshitmaydi, lekin ularda stalotitlar mavjud. Stalotit bu – asosiy qismi kraxmaldan iborat iborat zich zarralar. Ular hujayraning quyi qismida turib qoladi va sitoplazmada erimaydi. Stalotitlar o‘simliklarga tortishish kuchini his etish hamda ildizlar qaysi yo‘nalish bo‘ylab, poyalar esa qay tomonga o‘sishi kerakligini tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari stalotitlarning joyidan siljishi urug‘larning unib chiqishi va novdalar o‘sishini ham faollashtiradi.
Ushbu tadqiqot ishtirokchilari yomg‘ir tovushi stalotilarni joyidan siljitadi deb taxmin qilishdi. Ayni paytda nafaqat taxmin qilishidi bu borada hisob-kitob qilishdi. Ular tomchilar o‘lchamiga qarab tovush tebranishi kuchini baholashdi va tushayotgan yuzaga tekkan vaqtdagi tezligini ham o‘lchab chiqdi. Tovush tebranishlari stalotilarni harakatga keltirish uchun yetarli bo‘ldi. Ehtimol yomg‘ir tovushi boshqa turdagi o‘simliklar urug‘iga ham ta’sir ko‘rsatar, ammo buni tekshirib ko‘rish kerak. Axir o‘simliklar urug‘lari hal xil bo‘ladi va turli sharoitlarda o‘sadi, deyiladi nkj.ru saytida