Tahlillarga koʻra, muassasaga kuniga oʻrtacha 250-300 bemor murojaat qiladi. Ulardan 100-150 nafari gospitalizatsiya qilinib, 25-30 nafarida jarrohlik operatsiyalari bajariladi.
Yangi terapiya majmuasini qurib, ishga tushirish uchun 40 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi. Shundan 10 milliard soʻmiga tibbiy jihozlar xarid qilindi.
Hozir majmuaga 1 va 2-shoshilinch terapiya, pediatriya, bolalar reanimatsiyasi, kombustiologiya, toksikologiya, kardioreanimatsiya boʻlimlari joylashtirilmoqda.