Bu qonunni Shotlandiya parlamenti oʻtgan yili maʼqullagan edi, deb yozadi Express and Star elektron nashri. Bungacha mamlakatda ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga bolani tarbiyalash maqsadida kaltaklashga ruxsat berilgan. Endilikda yangi qonun bilan bu tartib bekor qilindi.
Eslatib oʻtamiz, bolalarni kaltaklash va xoʻrlash 1973-yili ilk bor Germaniyada qonun bilan cheklangan. Bolalarni shapaloq bilan urishga esa birinchi boʻlib Shvetsiya taqiq qoʻygan (1979-yil). Shotlandiya bu talabni qoʻllagan ellik yettinchi mamlakat boʻldi.
Xabarda aytilishicha, yanvar oyida bu kabi qonunni Uels ham qabul qilishi mumkin. Angliya va Shimoliy Irlandiyada esa hozircha bunday reja yoʻq.