Ollamova Madina Yarashevna – Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻiga koʻra, Shovot tuman xalq taʼlimi boʻlimiga mudir etib tayinlandi.
Bunga qadar u Shovot tumanidagi 1-sonli hamda 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, 25-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Shovot tuman xalq taʼlimi boʻlimi Maʼnaviy-axloqiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi shoʻbasi mudiri lavozimlarida ishlagan.