Soha mutaxasislari tomonidan bu yil jami 88,6 ming gektar yangi bogʻlarni (shundan 11,8 ming.ga anorzor) barpo etish uchun 65,9 mln. dona mevali daraxtlar hamda 92 mln dona tok koʻchatlar talabi hisob-kitob qilingan.

Bu yil koʻchat ekish ishlari har yilgidan erta boshlab yuborildi.

Bugungi kungacha 18,1 ming gektar yangi bogʻ shundan 2,7 ming gektari anorzorlar va 14,3 ming gektar yangi tokzorlarga koʻchatlar ekib boʻlindi.

Yangidan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishda Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, va Fargʻona viloyatlari peshqadamlik qilmoqdalar, yaʼni ushbu viloyatlarda yillik rejaning 20-25 foizi miqdorida ekish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek fermer xoʻjaliklari va koʻchat etishtiruvchi xoʻjaliklar oʻrtasida 2021-yilda jami 85,1 ming gektarda yangi tokzorlar barpo etish uchun 340 mlrd.soʻmlik 89 mln.dona (86%) koʻchat sotib olishga shartnomalar tuzilgan boʻlib, koʻchatlarni etkazib berish ishlari davom etmoqda. “Oʻzagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmalari va tuman boʻlimlari inspektorlari koʻchat etishtiruvchilar tomonidan fermer xoʻjaliklariga etkazib berilayotgan barcha turdagi koʻchatlarning sifati ustidan nazorat ishlarini olib bormoqdalar.

“Oʻzagroinspeksiya” Axborot xizmati