Fuqarolarning sogʻliqni saqlash sohasidagi murojaatlarini hal etish maqsadida 14-oktyabr kuni sogʻliqni saqlash, tibbiyot hamda ijtimoiy himoya tizimidagi idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari, hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul oʻtkaziladi.
Aholi bilan ochiq muloqotda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “Dori-darmon” AJ, Toshkent shahri va tumanlari hokimlarining ushbu sohaga masʼul oʻrinbosarlari hamda boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.
Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida tadbir davomida yuqori malakali shifokorlar ishtirokida tibbiy koʻriklar ham tashkil etiladi.
Ommaviy qabul joriy yilning 14-oktyabr kuni soat 11:00 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Koronavirusga qarshi maxsus “Zangiota-2” klinikasi hududida oʻtkaziladi.