Hodisa oqibatida o'nga yaqin odam halok bo'ldi”, deyiladi xabarda.

Politsiya fojia qurbonlarining shaxsini aniqlamoqda. Jabrlanganlarning umumiy soni hozircha noma'lum. Avvalroq huquq-tartibot idoralari besh kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.

SVT telekanaliga ko'ra, voqea seshanba kuni tushdan keyin kattalar o'qitiladigan Campus Risbergska maktabida sodir bo'ldi. Expressen gazetasi manbalarga tayanib, otishmani amalga oshirgan qurolli shaxs o'z joniga qasd qilganini yozdi.

Voqea joyida qutqaruvchilar va tez yordam ishlamoqda. Aholiga uyda qolish va maktab hududidan uzoqroq turish tavsiya qilindi, deb xabar beradi ria.ru.