Qayd etilishicha, uchrashuvda Shveysariya kompaniyasi rahbari Vafo Saliyev oʻzining istiqbolli loyihalarini Oʻzbekistonda xususan Samarqandda ham davom ettirib, Nurobod tumani hududida kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodini barpo etmoqchi ekanligini viloyat rahbariga bildirdi.
Korxonaning maishiy foydalanish uchun yuvish va dezinfeksiyalash vositalari uchun xaridorlar — Eron, Xitoy, Gruziya, Tojikiston, Afgʻoniston davlatlari hisoblanadi.
Dastlabki bosqichda yuz nafar ish oʻrni yaratilib, kompaniya tomonidan ular olti oylik kursda kimyo sohasida ishlash uchun oʻqitiladi. Shundan keyingina, ishga qabul qilinib korxona sexlarida faoliyat koʻrsatishadi.
Uchrashuv yakunida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev investor loyihasini koʻrib chiqib, qonun doirasida koʻmak koʻrsatishini bildirdi.