баннер
21 Mar 2025
20:59

    Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchisi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

    Migratsiya agentligining maʼlum qilishicha, Shveysariyaning Toshkentdagi elchixonasida firibgarliklar, jumladan, Shveysariyaga yolgʻon ish takliflari va “u yerda ishlashga“, deb berilayotgan soxta ishlash ruxsatnomalari tarqalayotganini maʼlum qildi.

    Agentlik, yuqoridagi kabi takliflar kelib tushsa juda ehtiyot boʻlishni va uning chindan ham haqiqiyligini tekshirishni, ish taklifining haqiqiyligini tekshirish uchun Shveysariyadagi potensial ish beruvchi bilan bevosita aloqada ekanligiga ishonch hosil qilishga chaqirmoqda.

    Shuningdek, firibgarlar oʻzlarini kompaniya vakili sifatida koʻrsatishidan va kompaniya yoki hatto, Shveysariya rasmiylari nomidan soxta hujjatlar yasashidan ogohlantirib, Shveysariyada ishga olmoqchi boʻlgan kompaniya bilan toʻgʻidan-toʻgʻri muloqot qilayotganda ham turli manbalardan tekshirish kerakligini soʻramoqda.

    Hech qanday sharoitda pul toʻlamang yoki oʻtkazmang! Agar ish taklifi haqiqiy boʻlsa, ishlash uchun ruxsatnoma olish ish beruvchining zimmasida boʻladi. Ish vizasini olish uchun Shveysariyaning Moskvadagi elchixonasida joylashgan Mintaqaviy konsullik markaziga shaxsan ariza topshirishingiz kerak boʻladi. Toshkentdagi elchixonaga emas, — deyiladi xabarda.

    “Agar siz oʻzingizni bunday jinoyat qurboni yoki firibgarlar bilan aloqada boʻldim, deb hisoblasangiz, bu haqda mahalliy ichki ishlar organiga xabar berishingizni tavsiya qilamiz“, — deydi Shveysariyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy.

    Xorijda qonuniy va xavfsiz ishlashni maqsad qilganlar Migratsiya agentligi va uning hududiy filiallariga yoki litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilishi mumkin, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech