Muloqot Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida 2019-2021-yillarda Oʻzbekistonda saylov jarayonini qoʻllab-quvvatlash loyihasi doirasida oʻtkazildi.
Taʼkidlanganidek, 2019-yil mamlakatimizda oʻtgan parlament saylovlari arafasida yoʻlga qoʻyilgan ushbu hamkorlikka binoan xalqaro ekspertlar tomonidan saylov jarayoni ishtirokchilarining bilim va malakasini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etilgan edi.
Muloqot chogʻida saylovlarning koʻppartiyaviylik va muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, jahonda umumeʼtirof etilgan demokratik standartlarga mos holda oʻtishini, fuqarolarning saylov huquqi kafolatlarini, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yana-da kengroq taʼminlash borasida Oʻzbekistonda qisqa muddat ichida yuksak samarali islohotlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va ijrosi izchillik bilan taʼminlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturiga binoan amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shveysariya elchisi, Oʻzbekiston Respublikasida milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish hamda demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar berayotgan samaralarga yuksak baho berdi.
Doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar ikki davlatning saylov organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash borasida fikr almashdi.
Onlayn muloqotda, shuningdek, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori X.Frezer, BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili M.Dimovska ishtirok etdi, deb xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi
matbuot xizmati.