Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan “CAPTIVA” rusumli avtoulovda kirib kelgan fuqaroning ko‘l yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, fuqaroning sumkasidan ruxsat beruvchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan qiymati 53 mln. so‘mlik dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari  tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmasevtika mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida" Qonuniga muvofiq, dori vositalarini realizatsiya qilish faqat dorixonalar  tomonidan amalga oshiriladi.