Unda Farg'ona tumanidagi “Satkak tsement” MCHJdan 155 dona shifer sotib olgani va 55 donasini ishlatganda shiferlar sifatsiz bo'lgani sababli barchasi yorilib ketgani to'g'risida ma'lumot bergan.
Iste'molchi bir necha marotaba “Satkak tsement” MCHJ raisi A.Aminjonovga murojaat qilsada hech qanday javob bo'lmagan.
Federatsiyaning Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganish jarayonida R.Usmonova haqiqatdan ham Farg'ona tumanidagi “Satkak tsement” MCHJdan 155 dona shifer sotib olganligi va 55 donasini ishlatganda shiferlar sifatsiz bo'lganligi sababli barchasi yorilib ketgani hamda barcha tasdiqlovchi hujjatlari borligi ma'lum bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuni talablari bo'yicha qonuniy hal etish maqsadida “Satkak tsement” MCHJ raisi nomiga xat bilan murojaat qilishimiz natijasida besh kun ichida 155 dona sifatsiz shiferlar sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Yana bir murojaat, Buxoro viloyat Buxoro tumanida yashovchi fuqaro X.R. tomonidan kelgan bo'lib, qayd etilishicha iste'molchi, Buxoro shahar M.Iqbol ko'chasida joylashgan «T.M» unitar korxonasiga qarashli savdo do'konidan SAMSUNG A 31 rusumli mobil telefonini 2 450 000 so'm naqd pulga xarid qilgani hamda oradan ko'p vaqt o'tmasdan ushbu mobil telefoni sifatsiz bo'lib qolgani aniqlangan va sotuvchi uning og'zaki e'tiroziga va boshqa telefonga almashtirib berishni talab qilganida rad javobini bergan.
Mazkur murojaat o'rganilishi natijasida, telefon uchun to'langan mablag' iste'molchiga qaytarildi.