Tamaki mahsulotlari hidini sezgan bort kuzatuvchilari yoʻlovchiga samolyot bortida chekish qatʼiyan taqiqlanganligini tushuntirishga harakat qilishgan. Bunga javoban ayol oʻz noroziligini bildirgan.

Bort kuzatuvchilari vaziyat haqida samolyot komandiriga xabar berishgan va komandir Samarqandga yetib kelgach, huquq-tartibot xodimlarini chaqirishga qaror qilgan. Samolyot bortida tamaki mahsulotlarini istemol qilgani uchun yoʻlovchiga nisbatan huquq tartibot organi xodimlari tomonidan 2 BXM miqdorida jarimani nazarda tutuvchi maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.

Eslatib oʻtamiz, samolyot bortida chekish qatʼiyan man etiladi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 122-moddasi 2-qismi bilan tartibga solingan. Bundan tashqari, bortda chekish nafaqat boshqa yoʻlovchilar uchun yoqimsiz, balki juda xavfli ekanligini ham tushunish lozim. Bu samolyotda havfli tutun chiqishi va yongʻinga olib kelishi hamda avia halokatga olib kelishi mumkin.