Maʼlumot uchun: “Wilmar International” kompaniyasi 1991-yilda Singapurda tashkil etilgan boʻlib, Osiyoda yetakchi agrosanoat korporatsiyasi hisoblanadi. Kompaniya Singapur birjasida bozor kapitallashuvi boʻyicha eng yirik kompaniyalar qatoriga kiradi.
“Wilmar International” Xitoy, Hindiston, Indoneziya va 50 ga yaqin mamlakatlarda 500 dan ortiq ishlab chiqarish zavodlariga va 50 dan ortiq taʼminot tizimiga ega. Kompaniyaning 2022-yildagi sof foydasi 2,4 milliard dollarga baholangan. Xodimlari soni – 100 ming nafar.
Konstruktiv fikr almashish chogʻida qishloq xoʻjaligi sohasida oʻsimlik yogʻi, un, guruch kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlarini hamda chorvachilik sanoati uchun ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi. “Wilmar International” kompaniyasi vakillari mamlakatimiz hududlarida oʻrganib kelgan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori baholadi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi
Joriy yil 23-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori Kuok Xun Xong bilan muzokaralar oʻtkazdi.
201 kg kannabis va qariyb 2 kg gashish musodara qilindi
- Turizm qo‘mitasi FIFA World Cup 2026 davomida Uzbekistan turizm brendini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish kampaniyasi natijalarini taqdim etdi
- Transport-logistika tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi
- Ayrim yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish taqiqlanadi
- Davlat xizmatchilari jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lishdi
- Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- Onkologiya xizmati va palliativ yordam tizimi takomillashtiriladi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston terma jamoasi “Asteka” stadionida Meksikaga minnatdorlik yozuvini qoldirdi
- Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi