Imzolash marosimida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va «Sinoma EC International Investment Co. Ltd» kompaniyasi bosh direktori Tszo Dayun ishtirok etdi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanganidek, loyihaning ishga tushirilishi «O‘zbekiston – 2030» Strategiyasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini 25 ming megavattga va mamlakat umumiy iste’molidagi ulushini 40 foizga yetkazish bo‘yicha maqsadlarga erishish yo‘lidagi navbatdagi katta qadam bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: Sinoma EC International Investment Co. Ltd 1987-yilda tashkil etilgan Sinoma Energy Conservation Co. Ltd kompaniyasining sho‘ba korxonasidir. Kompaniyaning kapitallashuvi $ 600 milliard, ishchilar soni 2 000 nafarni tashkil etadi. Kompaniya sanoat ob’ektlarining chiqindi gazlaridan issiqligidan foydalanadigan WHR elektr stansiyalarini, shuningdek, biomassa elektr stansiyalarini, geotermal va quyosh elektr stansiyalarini qurishga ixtisoslashgan. Kompaniya portfeliga butun dunyo bo‘ylab 1000 dan ortiq amalga oshirilgan loyihalar kiradi.