Shuningdek, forum ikki mamlakat biznes vakillari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni rivojlantirish va oʻsish nuqtalarini aniqlash uchun samarali platforma boʻlib xizmat qildi.
Forum ishiga parallel ravishda qoʻshma korxonalar va mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat, charm-poyabzal, qishloq xoʻjaligi hamda hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari charmsanoat sohasida ham shiddat bilan rivojlanib boryapti. Oʻzaro munosabatlarning dinamik oʻsishi natijasida Xitoy kapitali asosida mamlakatimizda yangi qoʻshma korxonalar ish boshlayapti. Eksport hajmi kengayib boryapti.
Jumladan, 2018-2022-yillar kesimida olib qaraydigan boʻlsak mazkur vaqt oraligʻida Xitoy kapitali asosida umumiy qiymati 243,5 million dollarlik 53 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilgan. Xususan, tayyor charm, poyabzal, tag charm, charm-attorlik buyumlari, sport mahsulotlari, kimyoviy moddalar ishlab chiqarish yoʻnalishlarida yirik quvvatlar ishga tushirilib, mahsulotlarning koʻp qismi eksportga yoʻnaltirildi.
Ayni sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2023-2025-yillar uchun sohani rivojlantirish strategiyasiga asosan XXR bilan umumiy qiymati 520 million dollar boʻlgan 135 ta loyiha amalga oshiriladi.
Eksport yoʻnalishida ham oʻsishni kuzatish mumkin. 2022-yilda soha korxonalari tomonidan Chin yurtiga 33,6 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingan. 2023-yilda esa bu koʻrsatkich 46,7 million dollarga yetishi kutilyapti. Tahlillarga koʻra 2024-yilda 60,3 million dollarlik eksport amalga oshirilsa, 2025-yilda bu hajm 87,1 million dollarga yetishi kutilyapti.
Sirdaryoda boʻlib oʻtgan biznes forum esa ushbu koʻrsatkichlarni yanada oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishiga xizmat qildi.
“Sirdaryo -Xitoy” biznes forumi: voqelik va ustuvorliklar
Joriy yil 25-iyunda Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi “Tadbirkorlar va hunarmandlar” markazida “Sirdaryo – Xitoy” biznes forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur forum Prezidentimizning Xitoy tajribasiga tayangan holda Sirdaryoni “ilgʻor innovatsiyalar hududi”ga aylantirish boʻyicha ilgari surgan tashabbusining amalda boshlanganini anglatadi.
Oʻzbekiston Prezidenti Daniya bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun imkoniyatlar keng ekanini taʼkidladi
- Farg‘ona viloyatida ETK muhandisi pora bilan ushlandi
- Aichi-Nagoya-2026: Jasurbek Jaysunov delegatsiyamizga 20-oltin medalni taqdim qildi!
- Odam savdosi bilan shug‘ullangan xalqaro qidiruvdagi ayol Turkiyada qo‘lga olindi
- Olti yillik tanaffusdan so‘ng Formula 1 poygasi yana Istanbulga qaytmoqda
- Strasburgda politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi