Hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali yangi quvvatlar ishga tushurilyapti. Joriy yilda viloyatda jami umumiy qiymati 184 mlrd soʻm boʻlgan 23 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Buning natijasida gazobeton, kvarsdan sunʼiy tosh, keramik plitka, quruq qorishmalar ishlab chiqarish oʻzlashtiriladi, muhimi 550 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Lak boʻyoq mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “BAHROMJON NUR SAVDO” MCHJ ham ana shunday loyihalardan biri. Loyiha qiymati 27,3 mlrd soʻm boʻlib, bu yerda yiliga 30 ming tonna har xil turdagi lak buyoq mahsulotlari tayyorlanadi.

Korxonaga Xitoy davlatining GREN INTERNATIONAL kompaniyasining energiya tejamkor uskunalari oʻrnatilgan. Hozirda bu yerda 50 ga yaqin sirdaryolik yoshlar mehnat qilmoqda. Korxona mahsulotlariga boʻlgan talab yil sayin ortib bormoqda. Ayni damda mahalliy xomashyodan tayyorlanayotgan ushbu qurilish materialini eksport qilish boʻyicha qoʻshi davlat vakillari bilan muzokaralar olib borilyapti.