Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati hududida sodir bo'lgan yo'l transport hodisasi yuzasidan videolar tarqaldi. Viloyat YHXB holat bo'yicha ma'lumot berdi.
Ma'lum bo'lishicha, shu yilning 24-may kuni soat 02:20 larda "Termiz-Toshkent" yo'nalishi bo'ylab harakatlanib ketayotgan Damas rusumli transport vositasi shu yo'nalishda harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk transport vositasi bilan to'qnashib ketib yo'l transport hodisasi sodir etgan. Baxtsiz hodisa Mirzaobod tumani, Dehqonobod mahallasi hududidan o'tuvchi M-34 avtomobil yo'lining 21.6 kilometrida yuz bergan.
Ushbu yo'l transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan yo'q. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.