Ekspertlar hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi soʻngi yillardagi faol islohotlar samarasi oʻlaroq kelib chiqqan asosiy oʻzgarishlarni taqdim etgan.

Oʻzbekiston aholisining 2,5 foizi Sirdaryo viloyatida yashaydi. Viloyat maydoni esa mamlakatimiz hududining 1 foizini tashkil etadi.

Lekin, aholi soni kamligi va kichik maydoniga qaramay, mazkur hudud geografik joylashuvi va bir qator ustunliklari bilan mamlakat iqtisodida muhim oʻrin egallay olgan.

Viloyat shimoldan Qozogʻiston bilan, janubdan esa Tojikiston bilan chegaradosh. Sirdaryo respublikamizning uchta viloyatidan biri sanaladi.

Mazkur hududning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2017—2020-yillarda 8,4 foizga oʻsib, 12,9 trillionni tashkil etgan.

Hududda harakatdagi korxonalar soni 37 foizga oʻsgan, yaʼni 2016-yildagi 13,3 mingtadan 2020-yilda 18,2taga yetdi.

Infratuzilma rivoji sohasida 2016—2020-yillarda 741 kilometr ichimlik suvi tarmogʻi ishga tushirilgan.

Besh yil ichida viloyatda 83 mingdan oshiq ish oʻrinlari tashkil etildi.

Xuddi shu davrda viloyatda 1 192 ming kvadrat/metr uy-joy bunyod etildi, maktabgacha taʼlim muassasalarida 5,4 ming oʻrin, maktablarda esa 10,2 ming oʻrin, shu bilan birga shifoxonalarda 1,4 ming joy hozirlandi.

2021-yilda Sirdaryo viloyatida 737ta loyiha shakllantirilgan. Ularning umumiy qiymati 25,5 trillion soʻmni, ulardan 900 million dollarini esa xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.

Toʻqimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati mazkur shakllanayotgan loyihalarning “drayverlari” hisoblanadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.