Surishtiruv jarayonida, “Guliston-Oqoltin” temir yoʻl bekatlari oraligʻi 3485-km, 1- toʻsiqda joylashgan maxsus piyodalar oʻtish joyida, voyaga yetmagan Guliston shahar, 8-sonli oʻrta maktab, 10-sinf oʻquvchisi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi 2004-y.t. J.N., Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida yashovchi 2004-y.t. A.A.lar temir yoʻldan oʻtib ketayotib rels ustiga toshlarni qoʻyib rasmga tushayotgan vaqtida aniqlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi