Sirdaryoda qum savdogarlari jarimaga tortildi

    Yashil sayyora 31 Yanvar 2025 405

    Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan Sirdaryo tumani hududida reyd tadbiri oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Sirdaryo tuman “Kamolot“ MFY hududining muhofaza maydonidan fuqarolar X.X hamda Ch.I tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz qum mahsulotini ortish tashish bilan shugʻullanayotganligi holati aniqlandi.

    Aniqlangan holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib jarima qoʻllanildi. Shuningdek, avtotransport vositalar jarima maydoniga joylashtirildi.